Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova boshchiligida Ko‘rpasoy mahallasida xotin-qizlar faolining kunlik reja asosida olib borayotgan faoliyati hamda belgilangan vazifalar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔸Mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash va "Ayollar daftari" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi;
🔸Oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda psixologik va huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan individual ishlash tizimi;
🔸Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Muloqot chog‘ida erishilgan natijalar bilan birga, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini tezkor va sifatli hal etish yuzasidan zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.