35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Muammo qayd etildi — yechim sari amaliy qadam tashlandi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan S.Shokirova Bunyodkor mahallasidagi 51-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida maktab binolaridan birini ichki transformator tarmog‘iga ulash zarurati bilan bog‘liq muammo aniqlandi va ushbu masala “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

📩 Muammoni amaliy hal etish maqsadida Zafar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Abdujabborov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

🏫 Zero, ta’lim muassasalarida xavfsiz va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash — o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishning muhim omilidir.
Deputat nazorati — muammodan yechim sari! 🤝

Slide 1 of 2