35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Muammo nazoratda — natija amalda! 🤝

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat I.Qodirova tashabbusi bilan fuqaro Razzoqova O‘g‘iloyning murojaatlari o‘rganilib, “Ko‘chama-ko‘cha” daftariga qayd etilgan edi.

Bugun murojaatning amaliy natijasi — Inson ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan nogironlik aravachasi taqdim etildi. ♿️

Davolanish uchun order masalasi yaqin kunlarda hal etiladi. Endoprotez olish uchun esa homiy topilib, masala ijobiy yechim sari bormoqda.
Xalq dardi — deputat e’tiborida!

Slide 1 of 3