#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
Bandixon tumanida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-Quduqsoy saylov okrugidan saylangan deputat G.Xolmatova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Quduqsoy" MFYda bo‘lib, xotin-qizlar hamda mahalla faollari bilan uchrashdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosining borishi tahlil qilindi.
Monitoring jarayonida ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj va nizoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.