#KENGASH_RAISI
#Kotibiyat_mudiri
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bandixon" mahallasida Senatning KQ–35-sonli qarori ijrosi ko‘rib chiqildi
Bandixon tumanida mahalliy Kengashlar deputatlari va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.Jurayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kengash boah mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" MFYga tashrif buyurib, mahalla faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning 'mahalla yettiligi' bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi KQ–35-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tashrif davomida "Mahalla yettiligi" vakillarining hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi faoliyati, xonadonbay o‘rganishlar natijalari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.