#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha o‘rganildi
Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-Birdamlik saylov okrugidan saylangan deputat B.Rajabovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" mahallasida ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolar hamda mahallani obodonlashtirish bo‘yicha takliflar atroflicha eshitildi.
Har bir ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash va ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.