Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Yangiqishloq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi 9 ta ko‘cha holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, 1-ko‘cha — Gulobod ko‘chasida ko‘chaboshi I. Boyxonov bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida Gulobod ko‘chasining yo‘l holati, mavjud muammolar va aholiga yaratilgan sharoitlar muhokama qilinib, ko‘cha yo‘lini ta’mirlash zarurligi aniqlandi.
Muammoni bartaraf etish uchun ko‘chaga maxsus texnikalarni jalb etish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masalani amaliy hal etish maqsadida deputat tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.