#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#Ko‘chaboshilari_bilan_uchrashuv
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi
Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish hamda hududiy infratuzilma muammolarini joyida o‘rganish va hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, "Obod yurt" MFYda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev,mahalla ko‘chaboshilari, mas’ullar hamda aholi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hududiy yo‘l va elektr ta’minotini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida aholi tomonidan Obod yurt ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasi qurish, Yangi hayot ko‘chasining 4 km qismida yopiq elektr kabeli va yangi ustunlar o‘rnatish hamda Yangi yo‘l va Qo‘ng‘isoy ko‘chalarining jami 10 km qismini asfaltlash masalalari ilgari surildi.
Tashrif davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar hududdagi 28-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yoyo yo‘lning 1,5 km qismida asfaltlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bildirilgan boshqa murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.