TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM
Bandixon tumanida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning murojaat, taklif va tashabbuslari batafsil tinglanib, faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan aniq yechimlar belgilandi. Masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Eng muhimi, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir taklif e’tibor markazida bo‘ldi.
Ochiq va samimiy muloqot yakunida tadbirkorlar o‘z korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ish izlayotgan fuqarolarni ishga qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bandixonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.