35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Qumqo‘rg‘onda yana bir yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda

Tumanning “Elobod” mahallasi hududida “Ulkan Sarbon Fayz” MChJ tomonidan zamonaviy asfaltbeton ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jadal davom etmoqda. Ayni paytda maxsus texnikalar yordamida korxona uchun zarur bo‘lgan uskunalar olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha tumanda yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish, bunyodkorlik loyihalarini sifatli asfaltbeton mahsulotlari bilan ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonaning ishga tushirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari kengayadi. Shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarida zarur bo‘lgan asfaltbeton mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplash imkoniyati yaratiladi.
Loyiha haqida:
Loyiha qiymati — 7 milliard so‘m
Ishlab chiqarish quvvati — soatiga 120 tonna asfaltbeton
Yangi ish o‘rinlari — 20 ta
Yangi korxonaning ishga tushirilishi Qumqo‘rg‘on tumanining sanoat salohiyatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llar sifatini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Choriyev Qurbonpo‘lat Omonovich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati 

Slide 1 of 4