Kengash raisi va kotibiyat mudiri tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 12-Qodiriy saylov okrugi hududida joylashgan Sharq Guli mahallasidagi “Nurli maskan” maktab-internatiga Kengash raisi hamda kotibiyat mudiri tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, ta’mirlanayotgan xonalar, sport va ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda ularga tutash hududlarning holati o‘rganildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar istiqomat qilayotgan yotoqxona va bolalar xonalari ko‘zdan kechirilib, ularning qulayligi, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim-tarbiya sifati, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Kengash raisi tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.