Maktablardagi sharoitlar va xavfsizlik choralari o‘rganildi
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tomonidan «Farovon» MFY hududida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, toza ichimlik suvi ta’minoti hamda yuvinish joylarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab hududidagi yong‘in xavfsizligi burchaklari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining tayyor holati nazorat qilindi.
✅Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅Ta’lim muassasalarida xavfsiz va qulay muhit yaratish – ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.