Mahalla – islohotlar markazida
✅Oliy Majlisi Senatining “Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusidagi davra suhbati onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.
✅Mazkur tadbirda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari, kotibiyat mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, shuningdek, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda hududlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” vakillari, tegishli idora va tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etishdi.
✅Davra suhbatida mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, mahalliy Kengashlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✅Ushbu muloqot maydoni joylardagi mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahalla tizimi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.