Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Xo‘jamushkent QFYda yashovchi Musayev Saxobiddin xonadonida yer tomorqasidan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
Unda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, ekinlarni parvarishlash, hosildorlikni oshirish hamda oilaning daromadini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xonadonda ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sug‘orish tizimi va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.