📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan saylovchilar bilan individual uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
✅ Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.