Yangiliklar

Okrug deputati murojaati ijobiy hal etildi

Okrug deputati murojaati ijobiy hal etildi

🕯 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan Chamanzor mahallasi hududidagi avtobuslarning so‘nggi aylanish bekati hamda MFY binosi oldida avtobekat o‘rnatish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🚌 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, mazkur hududlarga avtobekatlar o‘rnatildi.

✅ Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

💬 O‘rganish davomida hudud aholisi bilan muloqot qilinib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ularning fikr va mulohazalari tinglandi.

📁 Natijada deputat tomonidan ko‘tarilgan masala amaliy yechim topgani qayd etildi hamda ijro holati deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4