Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Samarqand shahar mahalliy budjeti daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligini undirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinmoqda.

 Ta’kidlanganidek, shahar mahalliy budjeti daromadlari 2026-yil 1-choragida 127 foizga bajarilib, rejaga nisbatan 18,3 mlrd so‘mdan ortiq qo‘shimcha tushum ta’minlandi.

Sessiya davomida budjet daromadlarini yanada oshirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq to‘lovchilarga qulay sharoit yaratish hamda soliqlar yig‘iluvchanligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berilmoqda.