Yangiliklar

Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati A.Andayev “Ochiq Budjet” portali orqali g‘olib deb topilgan Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasi hududida amalga oshirilgan hovlini tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi yashil maydonlarni muntazam sug‘orish, daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash maqsadida o‘rnatilgan zamonaviy suv sepish tizimining holati ham atroflicha o‘rganildi hamda hamda amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi, hududning sanitariya va estetik holatini yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 1