Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI  

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov tomonidan “Vandob” mahallasi Sherjon qishlog‘ida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, xususan, sinf xonalarini ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📚 Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarida zamonaviy va qulay o‘quv muhitini yaratish, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash doimiy e’tibordagi masalalardan biri hisoblanadi.

✅ Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4