🏛️Mahalliy Kengashlar faoliyati sarhisob qilindi
✅Bugun Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan mahalliy Kengashlar raislari, doimiy komissiyalar rahbarlari hamda kotibiyat mudirlari ishtirokida mahalliy vakillik organlari faoliyatining 5 oylik yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅Onlayn shaklda tashkil etilgan yig‘ilishda hududiy studiyalar orqali viloyat, tuman va shahar Kengashlari vakillari ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlarning joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi.
✅ Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar alohida ko‘rsatib o‘tildi, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
✅Yig‘ilishda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.