Yangiliklar

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mahalliy vakillik organlari faoliyati tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar markazida “inson qadri”, “xalq manfaati” va “ochiq davlat boshqaruvi” tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning o‘rni va masʼuliyati tobora ortib bormoqda. Deputatlar korpusi joylarda aholi muammolarini o‘rganishda, hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat qilishda, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda muhim siyosiy institut sifatida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan masalalar mazmuni va sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Deputatlarning aholi bilan muloqotlari kengayib bormoqda.

Deputatlar tomonidan aholi bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolarning aksariyati ijobiy hal etilgani, davlat organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari orqali qator masalalar yechim topgani mahalliy Kengashlarning taʼsirchanligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi asosida joylardagi loyihalar ijrosini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, qarorlar qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yana-da oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokama davomida mahalliy vakillik organlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan Kengash raislari va deputatlarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 10