Yangiliklar

Deputat K. Mirzayev “Buyuk kelajak” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi

Deputat K. Mirzayev “Buyuk kelajak” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K. Mirzayev o‘zi saylangan 25-“Bo‘ston” saylov okrugi hududidagi "Buyuk kelajak" mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat, muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul yakunida murojaatlarni o‘rganish va amaliy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Mirzayev

Slide 1 of 2