Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi raisi I.Kochkarov tomonidan "Жаңқоңырат" MFY hududida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mutolasi madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-9-sonli qaroriga asosan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Deputat maktab rahbarlari bilan sohadagi kamchiliklar, muammolar bo‘yicha suhbatlashib, muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishini va vaziyat nazoratga olinishini aytib o‘tdi.