Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Yoshlar maslahat guruhi – navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari A.Kamolov, O.Xolmurodov, X.Eshmurodova hamda kotibiyat mudiri R.Magripovalar Yoshlar markaziga tashrif buyurib, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni turli loyihalarga jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 3