Yangiliklar

Yunusobod dehqon bozorida narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Yunusobod dehqon bozorida narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sanjar Sobirjonov hamda deputatlar Iqbolxon Ashrapova va Dilnoza Musayeva tomonidan Yunusobod dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning sifati va yetarlilik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, savdo jarayonlari, mahsulotlar ta’minoti hamda aholiga yaratilgan qulayliklar yuzasidan ham monitoring o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganishlar aholini arzon, sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash holatini nazorat qilishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1