Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumani: “Obod yurt” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallalardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

✅Bugun 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratova hamda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar “Obod yurt” mahallasida bo‘lishdi.

✅ Amaliy ishlar jarayonda:

Tashrif davomida mahalladagi Qo‘ng‘isoy ko‘chasiga tosh yotqizish (shag‘allashtirish) ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu tashabbus:

✅Aholi uchun qulay harakatlanish yo‘laklarini yaratish;

✅Yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga keladigan noqulayliklarning oldini olish;

✅Mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

✅"Maqsadimiz — har bir fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash va saylovchilarimiz ishonchini amaliy ishlar bilan oqlash," — deydi deputat N.Allamuratova.

✅Ish jarayonini nazorat qilish va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, amalda esa mana shunday xayrli ishlar bilan mustahkamlanadi.

Slide 1 of 1