Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Deputat va mahalla faollari: Muammolar yechimi va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

✅Bugun Bandixon tumani Kengashi deputati Abdimo’minov Xasan Aliqulovich "Bandixon" MFY binosida mahalla raisi va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

✅Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✅Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash;

✅"Mahallabay" ishlash tizimi asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

✅Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish.

✅"Xalq vakili sifatida bizning asosiy vazifamiz — har bir xonadonning dardini eshitish va muammolarga birgalikda yechim topishdir," — dedi deputat o‘z so‘zida.

✅Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbati yakunida mahalla faollari tomonidan bildirilgan takliflar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1