Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Allaberganova “Saxovat” mahallasida joylashgan tuman gaz ta’minoti korxonasida bo‘lib, aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda suyultirilgan gaz yetkazib berish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida hududdagi jami 93 ta xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, korxonada tashkilotlar, muassasalar hamda aholini gaz bilan ta’minlash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.

Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi. Aholi tomonidan bu sohada olib borilayotgan ishlar davlatimizning oqilona siyosatining amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda. 

Slide 1 of 3