Yangiliklar

Fuqaro qabuli

 Fuqaro qabuli  

2026-yil 4-aprel kuni Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Abdullayeva Intizor
Quronboyevna tomonidan tumandagi 11-son umumta’lim maktabi binosida fuqarolar
qabuli o‘tkazildi.
 

Qabul jarayonida Kenagas mahallasi, Ko‘chabog‘ ko‘chasi,
43-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Hayitova Omongul murojaat bilan ishtirok
etdi. Fuqaro o‘z xonadonida kichik issiqxona tashkil etib, sabzavot mahsulotlari
yetishtirish uchun kredit olish masalasida amaliy yordam so‘radi.
 

Mazkur murojaat deputat tomonidan
atroflicha o‘rganilib, tegishli tartibda hal etish uchun mahalla hokimi
yordamchisiga yo‘naltirildi.
  

Slide 1 of 1