📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV: MUAMMO VA YECHIM YUZMA-YUZ.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi — hudud obodligi va aholi farovonligining muhim omilidir.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashidagi 14-"Bahoriston" saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
✅Mazkur tanishuv jarayonida saylov okrugidagi mavjud holat, aholining ijtimoiy kayfiyati va mahalladagi infratuzilma masalalari atroflicha o‘rganildi.
✅Deputat har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini ta’kidlab, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni deputatlik nazoratiga oldi.
✅Asosiy e'tibor:
✅ Yoshlar bandligi;
✅ Kommunal sohadagi kamchiliklar;
✅ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash.
✅"Deputatning asosiy vazifasi — xalq ichiga kirish, ularning dardu quvonchiga sherik bo‘lish va ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topishdir," — deydi S.Jumayev.
✅Ochiq muloqot ruhida o‘tgan ushbu uchrashuv yakunida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.