ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
✅ Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati G.Xolmatova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash choralari belgilangan.
✅O‘rganish jarayonida:
"Quduqsoy" MFY hududidagi Barhayot ko‘chasida olib borilgan asfaltlashtirish ishlarining sifati va hajmini ko‘zdan kechirdi.
✅Aholi uchun yaratilgan qulayliklar, yo‘llarning bugungi holati va belgilangan reja asosida bajarilgan ishlar tahlil qilindi.
✅Mahalla faollari bilan muloqot qilinib, yo‘llarni saqlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
✅Hududlarda yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari qat’iy deputatlik nazorati ostida davom etmoqda.
Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.