Yangiliklar

Gender tengligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot poydevori

Qonunning tub mohiyati nima?

Bu hujjat nafaqat xotin-qizlar, balki barcha fuqarolarning jinsi bo‘yicha kamsitilmasligini, davlat va jamiyat boshqaruvida teng ishtirok etishini ta’minlaydi.

💬Qonun bilan kafolatlangan asosiy yo‘nalishlar:

🔅Mehnat munosabatlarida: Ishga qabul qilish, lavozimga ko‘tarilish va mehnatiga haq to‘lashda erkak va ayol uchun teng sharoitlar yaratiladi.

Ta’lim olishda: Har qanday yo‘nalishda bilim olish va mutaxassis bo‘lib yetishishda jinsiy cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔅Siyosiy hayotda: Davlat organlari va qaror qabul qilish darajasida xotin-qizlarning faol ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.

🔅Huquqiy himoya: Gender kamsitishiga uchragan shaxslarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi shart.

🫥Muhim jihat: Mazkur qonunga ko‘ra, barcha davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul va majburdirlar.