Yangiliklar

Deputat xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qorasuv mahallasida yashovchi nogironligi bo'lgan fuqaro H. Buranova xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy holati o‘rganildi. O‘rganish davomida oilaning mavjud muammolari tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Bunday tizimli yondashuv aholi bilan yaqin muloqotni ta’minlab, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2