Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Saidov tomonidan aholi murojaatini chuqur o‘rganish, muammoni joyida hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Mash’al mahallasida istiqomat qiluvchi Z. Qobilova xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqaro 1-guruh nogironi bo‘lgani sababli, uning turmush sharoiti alohida e’tibor talab qilishi ta’kidlandi.
O‘rganish natijasida uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi aniqlanib, mazkur masala yuzasidan tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi orqali amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi. Xonadonda yashovchi oila a’zolarining muammolari ham tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Bu kabi manzilli o‘rganish orqali aholining dardiga quloq tutish, muammoga o‘z vaqtida yechim topish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga erishilmoqda.