Yangiliklar

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.

Tuman Kengashining 6 nafar deputatlari I.Ravshanov, B.Qorajonov, A.Ismailov, B.Narzullayeva, F.Bobobekov, S.Kankelovlarning aholini sifatli elektr energiya bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlari inobatga olingan holda qo‘shimcha dastur shakllantirildi. 6 ta mahallada elektr ta’minotini tizimini yaxshilash maqsadida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan 810 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu bo‘yicha tuman Kengashining VII-18-42-3-45-K/26 sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan 5,7 km elektr tarmog‘i va 2 ta transformator punktlari o‘rnatiladi.