Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot

 Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda kelajak rejalari muhokama qilindi.

 Asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

 Yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish

 Startap va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash

 Ta’lim sifatini oshirish va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish

 Sport va madaniy tadbirlarga yoshlarni keng jalb etish

 Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikrlarini eshitdi hamda har bir tashabbus qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

 Qayd etilishicha, yoshlar bilan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini joyida o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.