Ayni damda Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, 19-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur sessiyaga tuman Kengashi raisi Z.Suyarova raislik qilmoqda.
Sessiyada Nurobod tumani hokimi M.Buranov, hududdan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinmoqda. Muhokamalar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.