🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tumanning “Pargos” mahallasi Musaffo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan aholining tomorqa yer ekinlarini sug‘orish tizimida lotoklarni eskirib yoriqlar paydo bo‘lganligi sababli, suvning samarasi yo‘qotilayotganligi, ayrim joylarda ichki yo‘llarga toshib ketayotganligi yuzasidan bildirilgan murojaat asosida mas’ullarga vazifalar yuklatilgan edi.
🔹Kengash topshiriqlari yuzasidan nazorat-tadbirlari doirasida xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputatlari M.Ashurov va B.Kamalov kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirokida fuqarolar murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida sug‘orish suvi tarmoqlari tozalanganligi, singan va eskirgan lotoklar yangilanganib, suvning toshib ketish holatlari kuzatiladigan joylar ta’mirlanganligi aniqlandi.