Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati S.M.Rizayeva “Yangi Qo‘yliq” MFY hududidagi 125-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab hududida “Barkamol avlod” qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi boshlanib, hozirda to‘xtab qolganlik sabablarini surishtirishlar olib bordi. Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga tayyorlash borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Deputat S.M.Rizayeva “Yangi Qo‘yliq” MFY 125-umumta’lim maktabi hududidagi “Barkamol avlod” qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi ishlarni to‘xtab qolish sabablari yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlar nomiga deputat so‘rovi chiqarishini ma’lum qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.