Yangiliklar

#nazorat tadbiri #o'rganish

Inson qadri ulug‘langan yurtda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarning huquq va imtiyozlarini ta’minlash — ustuvor vazifa.

📍 Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Alisher Samadov, Sevar Qodirova hamda Zuhra Po‘latovalar shahrimizdagi Islom Karimov mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi holatni o‘rgandilar.

🔍 O‘rganish davomida:

Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi;

Pensiya va nafaqalarning o‘z vaqtida yetkazilishi;

Tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya masalalari ko‘zdan kechirildi.

🤝 Ushbu jamoatchilik nazorati tadbirida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi hamda biriktirilgan patronaj hamshirasi ishtirok etdi. Tibbiyot xodimining ishtiroki fuqarolarning sog‘lig‘i va dori-darmon ta’minoti bo‘yicha mavjud muammolarni joyida tahlil qilish imkonini berdi.

Slide 1 of 4