Hurmatli "Olmaliqsoy" hamda Alisher Navoiy mahallasi ahli!
📌Saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiqlikni ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
✅Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Mamayusupov Sanjar Dehqonboyevich o‘z saylovchilari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot beradi.
🗓 Uchrashuv tafsilotlari:
Vaqti: 2026-yil 5-mart
Soat:16:00da
Manzil: "Olmaliqsoy" mahallasining binosi
✅Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritiladi. Sizni qiynayotgan masalalar yoki mahalla rivoji uchun takliflaringiz bo‘lsa, uchrashuvga tashrif buyurishingiz mumkin.
🔔Barcha "Olmaliqsoy" hamda Alisher Navoiy mahalla fuqarolarini faol ishtirok etishga chorlaymiz.