Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati S.Shaydilov tomonidan “Limonzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, mahalla yettiligi tomonidan bajarilgan vazifalar, amaliy ishlar va aholi murojaatlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.
✅Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
✅Oʻrganish davomida Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.
✅Oʻrganish davomida Bandixon tuman Tibbiyot Birlashmasi 39-oilaviy poliklinikasining Limonzor filialida Sog‘liqni saqlash vazirining 13.10.2023 y. 41-son "O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi Buyrug‘i asosida 87-turdagi bepul dori-darmonlar berililishi ta'kidlandi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.