Yoshlar bilan uchrashuv: Muammolar yechimi va yangi imkoniyatlar
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Yo'ldoshev tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov 2-Bektepa saylov okrugdagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bektepa” mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 3-son texnikumida uchrashuv o'tkazdi.
✅Uchrashuvning asosiy bosqichlari:
"Yoshlar daftari" tahlili: Deputat o‘z okrugidagi yoshlarning ijtimoiy holatini o‘rganib, ro‘yxatda turgan yigit-qizlarning muammolarini individual tartibda ko‘rib chiqdi.
✅Bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik: Mezonlarning bandlik qismiga muvofiq, uchrashuvga hududdagi tadbirkorlar va bandlik markazi vakillari jalb etildi.
✅Ta’lim va IT yo‘nalishi: Yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida imtiyozli sertifikatlar va o‘quv kurslari haqida ma’lumot berildi.
Deputat nazorati: Uchrashuv davomida ko‘tarilgan murojaatlar (kredit olish, yer ajratish, o‘quv kontrakti) bo‘yicha deputatlik so‘rovlari shakllantirildi.