O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti tashabbusi bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Eko-zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
Unda universitet talaba yoshlari orasidan saralab olingan 5 ta jamoa qatnashib, ularning atrof-muhitni muxofaza qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o'tkazildi. Intellektual o'yinda jamoalar ekologiyaga oid 20 ta mantiqiy va qiziqarli savollarga javob izlashdi.
Umumiy natijalarga ko'ra:
1️⃣- o'rin Yuksalish jamoasi
2️⃣- o'rin Muhandis ekologlar jamoasi
3️⃣- o'rin Bilimdonlar jamoasi
✅🏆G'olib jamoalar O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkilotining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.