XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI
Bandixon tumanining “Chinor” mahallasida joylashgan 1-sonli politexnikumda tashkil etilgan kasanachilik, kashtachilik hamda milliy liboslar tikish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Ishpo'latov Olimjon Allayorovich tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur kurslarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar tomonidan milliy liboslar va kashtachilik mahsulotlarini tayyorlash ishlari samarali hamda sifatli yo‘lga qo‘yilgani, mashg‘ulotlar amaliy yo‘nalishda tashkil etilayotgani qayd etildi.