Termiz shahar Barkamol avlod bolalar maktabida 9-may “XOTIRA VA QADRLASH” bayrami munosabati bilan Termiz shahar Kengashi deputati, shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi T.Berdiyev tashabbusi bilan shaxmat bo‘yicha Himmatov Ibrohim Musurmonovich xotirasiga bag‘ishlab nuroniylar o‘rtasida xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu shaxmat turnirida faxriylar o‘zaro bir-biri bilan bellashdilar.
Turnir qizg‘in bahslarga boy bo‘lib ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.