Sessiyamiz ishida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman prokurori, 2-sektor rahbari v.b. U.Abdullaev, tuman IIOFMB boshlig‘I, 3-sektor rahbari O.Xodjaev, tuman DSI boshlig‘I, 4-sektor rahbari X.Inomov, tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Madaminova, sektor kotiblari, shuningdek, mutasaddi rahbarlar va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Mirobod tuman sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, sektorlarda Mirobod tumani sektorlarida 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, 2024 yilning 1-choragida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘I F.Madaminovaning Mirobod tumanida 2024 yilning 1-choragida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha 2024 yil 8 apreldagi Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 10-sonli bayonnomasida topshirilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi masalalara bo‘yicha hisobotlar hisobotlar eshitib chiqildi.
Shuningdek, 2024 yil 1-chorakda turli sohalarda erishilgan natijalar va 2024 yil 2-chorak uchun rejalarga oid masʼullarning hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi.
Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.