NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
🔹Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Yulchiyev hamda tuman prokurori, 2-sektor rahbari Iqboljon Qambarov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Boston" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda aholi bandligini ta’minlash, mahalla hududini obodonlashtirish, tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.