35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"24 ta tavsiya" ijrosi amalda: Uzun tumanidagi Malandiyon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi va kotibiyat xodimiga amaliy vazifalar belgilandi.

"24 ta tavsiya" ijrosi amalda: Uzun tumanidagi Malandiyon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi va kotibiyat xodimiga amaliy vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev 3-Yangi ro'zg'or saylov okrugiga biriktirilgan hududlardagi ishlar holatini ko'zdan kechirish maqsadida Malandiyon mahallasida bo'ldi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor mahalladagi hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi kundalik faoliyatiga qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha kotibiyat xodimiga mahalliy Kengash qarorlari va tavsiyalarining joylardagi ijrosini ta’minlashda faollikni oshirish, har bir 24 ta yo‘nalish bo‘yicha tuman Kengashiga batafsil tahliliy axborot kiritish vazifasi yuklatildi.