Yoshlar ovozi va amaliy nazorat: Uzun tuman Kengashida yoshlar maslahat guruhi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyevaning faoliyati tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan yaqindan o‘rganildi.
Ushbu o‘rganish jarayoni yosh deputatlar va maslahat guruhlari a’zolarining hududdagi dolzarb muammolarni hal etishdagi tashabbuskorligini oshirish, shuningdek, vakillik organlari faoliyatida yoshlar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy qadamlardan biridir.
Suhbat va tahlillar davomida G.Nurboboyeva tomonidan tumandagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Tuman Kengashi kotibiyati va Yoshlar maslahat guruhi o‘rtasidagi bunday hamkorlik mexanizmlari yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, mahalliy darajada qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.